» » G‘uzor tumanida aniqlangan 3,5 mingdan ortiq muammoning chorak qismi yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi

G‘uzor tumanida aniqlangan 3,5 mingdan ortiq muammoning chorak qismi yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda uyma-uy yurish davomida aniqlangan jami 3532 ta muammoning 892 tasi yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Tumanning Pachkamar, Eshonquduq, Sovbog‘, Yangikent, Chanoq hamda Chugurtma mahallalarida yillar davomida hal etilmay kelayotgan muammolari mavjud. Mazkur mahallada yashovchi aholidan mahallani tuman markazi bilan bog‘lovchi ichki yo‘llar ta’mirtalabligi, ularda yilning qish va bahor oylarida transport qatnovining cheklanishi, buning oqibatida esa mahallaga tez tibbiy yordam mashinasining kela olmasligi haqida ko‘plab murojaatlar tushgan.

Eng achinarlisi, mahallalarning tuman markazidan uzoq chekka hududda joylashganligi hamda tibbiyot muassasalarida malakali shifokorlarning yetishmasligi oqibatida homilador ayollarda tug‘uruq jarayonida o‘lim holatlari va aholi o‘rtasida turli kasalliklarning soni ortib borishi kuzatilmoqda.

— Maktabga keladigan yo‘llarimiz juda yomon, bolalar loy kechib keladi, — deydi 29-maktab direktori Dildora Xurramova. — Bo‘yrachi, Qumcho‘p qishloqlaridan uch yarim kilometr masofani piyoda bosib kelishadi. Yo‘llarimiz yog‘ingarchilikda ko‘llab ketadi. Ota-onalar bolalarini ko‘tarib o‘tkazib qo‘yishga majbur bo‘lishmoqda.

— Bolalar maktabga kelish uchun portfeliga etik solib yurishga majbur bo‘lyapti, — deydi Sovbog‘ mahallasidagi Saroy qishlog‘ining ko‘chaboshisi Tog‘aymurod Qulmatov. — Ichki yo‘llar haqida hokimiyatga murojaat qilganmiz, kelib ko‘rib ketishgan, lekin natija bo‘lmadi. O‘zimiz bir amallab qo‘lda tosh terib, piyoda yo‘lagi qilyapmiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi 860 kilometrlik ichki yo‘llarning 60 kilometri bugungi kunda asfalt yotqizishga, 410 kilometr tuproq yo‘llar esa to‘liq ta’mirlanishga muhtoj.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют