» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi


O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar biriktiriladi va ularga quyidagi vazifalar yuklanadi:

xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past ko‘rsatkichlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash;

o‘zini o‘zi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;

loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirishga to‘sqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;

O‘zbekistonning tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish;

O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish.

2019-yil 1-aprelga qadar internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют