» » Kun raqami: 2018-yilda Rossiyada O‘zbekistonning 4,5 mln fuqarosi migratsiya hisobiga qo‘yilgan

Kun raqami: 2018-yilda Rossiyada O‘zbekistonning 4,5 mln fuqarosi migratsiya hisobiga qo‘yilgan


2018-yilda Rossiyaga migratsiya oqimi 2005-yilgi minimum darajasigacha pasaydi va 124,9 ming kishini tashkil etdi. 2017-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 41 foizga kamaydi, deya xabar beradi “RBK”.

Natijada oxirgi 10 yil mobaynida ilk bor migratsiya oqimi mamlakatdagi tabiiy yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldira olmadi va Rossiya aholisi 93,5 ming kishiga qisqardi.

Rossiyada bo‘lib turgan migrantlar soni bo‘yicha O‘zbekiston avvalgidek yetakchilik qilmoqda. Rossiya IIVga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonning 4,5 million fuqarosi migratsiya hisobiga qo‘yilgan va 3,25 million kishi hisobdan chiqarilgan.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari qayd etilgan: o‘tgan yili Rossiyada bu mamlakatning 2,33 million fuqarosi hisobga qo‘yilgan va 1,53 million kishi hisobdan chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют