» » Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Mazkur qonun loyihasi Qozog‘iston parlamenti tomonidan 6-mart kuni ma’qullangan va imzolash uchun mamlakat prezidentiga yuborilgandi.

Nursulton Nazarboyev shu kunning o‘zida hujjatni mamlakat Konstitutsiyaviy kengashiga yo‘lladi. Kengash 9-mart kuni parlament qabul qilgan konstitutsiyaga tuzatishlarni asosiy qonun tamoyillariga mos kelishini e’tirof etdi.

Hujjat bilan mamlakat asosiy qonunining davlat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashga qaratilgan 23 ta moddasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Tuzatishlar parlament rolini kuchaytirish, hukumat mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют