» » Toshkentda 2018-yildan buyon qancha ko‘chalar, chorrahalar va qayrilib olish joylari ochildi?

Toshkentda 2018-yildan buyon qancha ko‘chalar, chorrahalar va qayrilib olish joylari ochildi?


Toshkentda 2018-yilning may oyidan 2019-yilning shu davriga qadar tirbandliklarni oldini olish, transport oqimini bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash maqsadida ko‘plab ko‘chalar, chorrahalar va qayrilib olish joylari ochildi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bu haqda ma’lumot berdi.

Ochilgan ko‘chalar:

Fidokor (sobiq Chexov) ko‘chasining Mirobod ko‘chasi tomonidan Oybek ko‘chasiga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Oybek, Nukus, Shahrisabz va Mirobod ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishildi.

Said Baraka ko‘chasining Shevchenko ko‘chasi tomonidan Oybek ko‘chasiga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Oybek, Nukus, Shevchenko va Fidokor ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishildi.

Nukus ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochildi. Buning natijasida Nukus, Qodiriy, Shastri va Maxtumquli ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishildi.

Maxtumquli ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochildi. Buning natijasida Nukus, Qodiriy, Shastri va Maxtumquli ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishildi.

6-tor Niyozbek yo‘li ko‘chasining Niyozbek yo‘li ko‘chasi tomonidan Qodiriy ko‘chasiga chiqish joyi ochildi. Buning natijasida Niyozbek yo‘li, Qori Niyoziy, Osiyo va Amir Temur ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport soni kamayishiga erishildi.

Kengaytirilgan ko‘chalar:

Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasidan Istirohat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi kengaytirilib, ushbu joydagi transport tirbandliklariga barham berildi.

Ochilgan chorrahalar:

Muqimiy ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishgan chorrahada hamda Shohjahon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahada Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab o‘rnatilgan beton va temir panjaralar olib tashlanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesishma ochildi. Natijada transport vositalarining ortiqcha yo‘l bosib o‘tishiga barham berilib, vaqt va yoqilg‘i sarflanishi kamayishiga erishildi.

Ochilgan qayrilib olish joylari:

Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab Qushbegi va Komil Yashin ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Shota Rustaveli va Komil Yashin ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishildi.

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Ahmad Donish va Yangi shahar ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Yangi shahar ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishildi.

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Qodiriy va Navoiy ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishildi.

Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur va Yangi shahar ko‘chalari oralig‘i, yo‘lo‘tkazgich ostida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalaridagi tirbandliklar kamayishiga erishildi.

Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Furqat ko‘chalari oralig‘ida qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahadagi tirbandliklar kamayishiga erishildi.

Furqat ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasiga yetmasdan qayrilib olish joyi ochildi. Buning natijasida ortiqcha vaqt va yoqilg‘i sarflanishi kamayishiga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют