» » Shu yil bahorda urf bo‘lgan 7 ta kiyim-kechak

Shu yil bahorda urf bo‘lgan 7 ta kiyim-kechak


So‘nggi urfda kiyinish uchun bir dunyo kiyim-kechak sotib olish shart emas — ro‘yxatda keltirilgan aktual buyumlarning bir-ikkitasi xarid qilish kifoya, shunda qiyofangiz sezilarli tarzda yangilanadi.

Umuman olganda, palto bo‘lishi shart emas. Pushti rangdagi har qanday narsa ham to‘g‘ri keladi. Ushbu rangning barcha tuslari: upa rangidan to‘q fuksiya rangigacha urfga kirgan.

Burma hoshiya, to‘r va gulli applikatsiya hozir modada. Demak, romantik qiz qiyofasiga kirish vaqti keldi. Bahorda bu ayni muddao.

Yana gullar: bahor-yoz mavsumi gulsiz bo‘ladimi, axir? Gullar qanaqa bo‘lishini o‘zingiz hal qiling: dizaynerlar to‘plamlarida mayda atirgul g‘unchalarini ham, qizil qizg‘aldoqlarni ham, nafis binafshalarni ham, yirik piongullarni ham uchratish mumkin.

Sipogina ingichka bilaguzuklar o‘tmishda qoldi: urfga katta, salmoqli bilaguzuklar kirdi. Ular ko‘zga tashlanib turishi va qiyofaning asosiy urg‘usi rolini bajarishi kerak.

Oddiy bluzka yoki jaketga yorqin tuz bermoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘nog‘ich bemalol kolye o‘rnini bosa oladi. Yirik toshlar qadalgan, yog‘och yoki matodan yasalgan turli-tuman to‘g‘nog‘ichlar urfda. Muhim qoida: to‘g‘nog‘ich taqmoqchi bo‘lsangiz, uni uzun zirak bilan uyg‘unlashtirmang. Yaxshisi, ulardan bittasini tanlang.

To‘g‘ri, unga noutbuk, bloknot yoki bir butilka suv sig‘maydi, ammo u sizning har qanday qiyofangizni to‘ldiradi.

Bu yil platforma yana urfga qaytdi, shu tufayli poshnada yurish ancha qulaylashadi. Material haqida gapirsak, ilon terisiga o‘xshatib tikilgan va zamsh modellarga e’tibor qarating.

Vogue, L’Officiel maqolalari asosida

Опубликовано: admin (10-03-2017, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют