» » O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar Milandagi moda namoyishida ishtirok etdi

O‘zbekistonlik yosh dizaynerlar Milandagi moda namoyishida ishtirok etdi


19—25-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro Milan Fashion Week moda haftaligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh dizaynerlar kengashi a’zolarining modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

6 nafar dizaynerning ijod namunalari Milan moda haftaligi tashkilotchilari tomonidan tanlab olindi. Ular orasida “Quyoshli shahar” deb nomlangan to‘plam 15 ta libosdan iborat bo‘lib, asosan milliy matolardan tikilgan.

To‘plam ijodkorlari Yosh dizaynerlar kengashining “Imidj” loyihasi ishtirokchilari hisoblanadi. Mazkur to‘plam Italiya moda mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, Milandagi 2 ta shourum bilan shartnoma tuzish imkonini berdi.

Shuningdek, Elle jurnali moda redaktori Adriana Di Letto bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Haftalik doirasida rengash raisi Dilnoza Umrzoqova moda haftaliklari prezidentlari bilan uchrashdi va ular bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют