» » Istanbulda vertolyot teleminoraga urilib quladi. Besh kishi halok bo‘ldi

Istanbulda vertolyot teleminoraga urilib quladi. Besh kishi halok bo‘ldi


Istanbulda 10-mart kuni tongda vertolyot quladi. Uning bortida yetti kishi bo‘lgan, ulardan besh nafari halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda Meduza.

“TASS”ning vertolyot egasi hisoblangan Eczacibasi xoldingi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, halok bo‘lganlarning to‘rt nafari Rossiya fuqarolaridir.

“Ular qaysi kompaniya xodimlari ekanini hozircha ma’lum qila olmaymiz”, — deyiladi matbuot xizmati axborotida.

Daily Sabah’ning yozishicha, halok bo‘lganlar orasida turkiyalik ishbilarmon Salim O‘zen ham bor: u Rossiyada keramik plita va santexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi VitrA Russia kompaniyasi rahbari edi.

The Hurriyet Daily News’ning yozishicha, vertolyot Buyukchekmedje tumanida teleminoraga urilib, katta yo‘lga qulagan.

D??en helikopterin Eczac?ba??'n?n ?st d?zey y?neticilerini ta??d??? ortaya ??kt?! https://t.co/2peTxShp4d pic.twitter.com/RpcOKFxIzL

— Hurriyet.com.tr (@Hurriyet) March 10, 2017

B?y?k?ekmece'de d??en helikopterin patlama an? https://t.co/COalAhQl3c pic.twitter.com/hIvE4gbvD0

— NTV (@ntv) March 10, 2017

Eczac?ba??'na ait helikopter B?y?k?ekmece'de d??t?. Olay yerinden ilk kareler https://t.co/SFjwat0CiC pic.twitter.com/dvfhU4wSZc

— NTV (@ntv) March 10, 2017

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют