» » Andijondagi markaziy poliklinika hududida portlash ro‘y berdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohat oldi

Andijondagi markaziy poliklinika hududida portlash ro‘y berdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohat oldi


26-fevral kuni soat 10:26 da Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shahardagi 4-umumta’lim maktabining 18 nafar 9-sinf o‘quvchici turli darajada yengil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. 18 nafat bemor kuzatuv ostida bo‘lib turibdi.

Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan.

Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют