» » AQSh chegaralarini noqonuniy kesib o‘tuvchi muhojirlar soni kamaydi

AQSh chegaralarini noqonuniy kesib o‘tuvchi muhojirlar soni kamaydi


AQSh va Meksika chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish 2017-yil fevral oyida keskin qisqardi. Bu haqda The New York Times nashriga asoslanib, Meduza xabar berdi.

AQSh Bojxona va chegara xizmatining oylik hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida ikki mamlakat chegarasini bir kunda o‘rtacha 840 kishi noqonuniy kesib o‘tishga harakat qildi. Bu 2017-yil yanvar oyiga nisbatan 39 foizga kam.

2016-yil fevraliga taqqoslaganda Meksika bilan chegaralarni noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar soni 36 foizga qisqardi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, chegarani noqonuniy kesib o‘tuvchilar sonining kamayishini Donald Trampning prezidentlik lavozimiga kelishi bilan bog‘ladi. Trampning saylovoldi kampaniyasi dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash edi. Shu fakt ham noqonuniy muhojirlarning kamayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют