» » O‘zbekistonda yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralari 206 mln dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonda yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralari 206 mln dollarga ko‘paydi


O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 1-fevral holatiga 26,6 milliard dollarni tashkil etdi. Yanvar oyida 206 million dollar o‘sish qayd etilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, 27,22 milliard dollarni tashkil etib, shundan valyuta aktivlari — 12,64 milliard dollar (+203 million dollar bir oy davomida), monetar oltin — 14,58 milliard dollar (-62 million dollar bir oy ichida).

Markaziy bank yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralarining oshishini qisman oltin narxining 1 281,65 dan 1 322,50 doll/tr.unsiyaga oshishi bilan izohlaydi. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining oshishiga ta’siri 466,6 million dollarni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют