» » Timoshenko Poroshenkoga nisbatan impichment boshlanganini e’lon qildi

Timoshenko Poroshenkoga nisbatan impichment boshlanganini e’lon qildi


Ukrainaning “Batkivshina” partiyasi rahbari va Ukraina prezidentligiga nomzod Yuliya Timoshenko tarafdorlari bilan birga amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoga nisbatan impichment jarayoni boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ushbu e’lonni Timoshenko Oliy Radada chiqish qilayotgan paytida aytgan.

“Sizlarga shuni e’lon qilamizki, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa fraksiyalar bilan birgalikda prezidentga nisbatan impichment jarayonini boshlaymiz”, — deydi Timoshenko.

Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar Poroshenkoning atrofidagilar mudofaa sanoati korxonalaridagi o‘g‘riliklarga aloqador deb topgan jurnalistik tekshiruv natijalari sababli shunday qaror qabul qilgan. Shuningdek, u bunday harakatlar “davlatga xiyonat” deb baholanishi mumkinligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют