» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga chiptalar uchun 45 foizgacha chegirmalar joriy etmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga chiptalar uchun 45 foizgacha chegirmalar joriy etmoqda


Uzoq masofalarda harakatlanuvchi poyezdlarda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida chegirma va imtiyozlar joriy etildi. Xususan, yo‘lovchilar Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tadigan xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarda mazkur chegirmalardan foydalanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muddatidan oldin chiptani xarid qilish vaqti bo‘yicha quyidagilar belgilanadi:

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 55 foiz;

-  chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 45 foiz;

-  chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uchun 35 foiz

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, plaskart  vagonlar uchun 45 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 40—31 kun oralig‘ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 35 foiz;

- chipta poyezdning jo‘nash kunidan 30—6 kun oralig‘ida xarid qilinsa, plaskart vagonlar uchun 25 foiz.

Poyezd jo‘nashiga qancha kam vaqt qolishiga qarab chegirmalar ham kamayib boradi. Besh kun qolganda esa chiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan chegirmalar mahalliy yo‘nalishlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, chegirmalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Qazakstan temir jo‘li milliy kompaniyasi” AJ, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ temir yo‘li ma’muriyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Hozirda yo‘lovchi poyezdlari Toshkent—Moskva, Andijon—Moskva, Toshkent—Qozon, Toshkent—Urganch—Volgagrad, Toshkent—Urganch—Moskva, Toshkent—Urganch—Saratov, Toshkent—Novosibirsk, Toshkent—Ufa, Toshkent—Chelyabinsk, Toshkent—Olmaota, Nukus—Beyneu hamda Nukus—Olmaota yo‘nalishlarida qatnamoqda. Shuningdek, Toshkent—Bishkek—Baliqchi, Samarqand—Ostona mavsumiy yo‘nalishlari ham mavjud. Bundan tashqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelishuv asosida O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi Kulob—Moskva, Dushanbe—Moskva va Xo‘jand—Moskva yo‘nalishlarida qatnayotgan yo‘lovchi poyezdlariga ham xizmat ko‘rsatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют