» » Berlinda o‘qituvchilarning ish tashlash namoyishida 10 ming kishi qatnashdi

Berlinda o‘qituvchilarning ish tashlash namoyishida 10 ming kishi qatnashdi


26-fevral kuni Berlinda pedagoglar va murabbiylarning oylik maoshini 6% ga oshirishni talab qilib kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan namoyishda 10 mingga yaqin kishi qatnashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’lim muassasalari va bog‘chalar 26—27-fevral kunlari yopiq bo‘lishi haqida ota-onalar oldindan ogohlantirilgan. Shuningdek, bu haqdagi e’lon profilli saytlarga ham joylashtirilgan.

Namoyish Germaniya davlat xizmatchilari uyushmasi va yer ma’muriyati o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi oldidan bo‘lib o‘tgan. Bu raund 28-fevral kuni boshlanadi.

“Umumiy hisobda namoyishda o‘n mingga yaqin kishi qatnashgan. Jamoat tartibi buzilgan holatlar qayd etilmagan”, — deydi politsiya.

Berlinda namoyishchilar qo‘llarida “O‘qituvchi maosh olishga loyiq”, “Barcha fuqarolarga yaxshi maosh berilsin”, “Maktab o‘qituvchilari enagadan ham kam maosh oladi” degan yozuvli plakatlarni ko‘tarib Nordbanxof vokzalidan shahar markazigacha yurib borgan.

Bebelsplats maydonida miting bo‘lib o‘tgan. U yerga yig‘ilganlar “Ish tashlaymiz!” deya baqirgan.

Namoyish aksiyasi 26-fevral kuni ver.di kasaba uyushmasi va davlat xizmatchilari uyushmasi tomonidan Mayns, Sarbryuken, Geydelberg, Frankfurt va Dyusseldorf shaharlarida ham uyushtirilgan. Myunxenda esa katta miting bo‘lib o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют