» » Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi “Afrosiyob” poyezdi imkoniyatlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi “Afrosiyob” poyezdi imkoniyatlari bilan tanishdi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 2015-yil 6-noyabrida Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi bilan yana ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Ushbu zamonaviy elektropoyezdlarning dastlabkisi mart oyi boshida O‘zbekistonga olib kelingani haqida avval xabar berilgan edi.

O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida yangi “Afrosiyob” elektropoyezdining imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Yangi zamonaviy elektropoyezd oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, shu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lib, ikkita VIP, ikkita “biznes” va ikkita “ekonom” toifali vagonlardan iborat. Yangi poyezd 287 yo‘lovchi sig‘imiga ega. Unda “ekonom” toifali vagonlar soni ikkita ko‘p.

“Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Buxoro—Miskin” temiryo‘li qurilishi bilan tanishdi

“O‘ztemiryo‘lmashta’mir” sho‘ba korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. O‘zAning qayd etishicha, bu ham yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini beradi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev yangidan qurilgan Buxoro temiryo‘l vokzalini borib ko‘rdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют