» » O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon qishki universiadasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon qishki universiadasida ishtirok etadi


Joriy yilning 2—12-mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon qishki universiadasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Daryo”ga xabar berdi.

Universiadada O‘zbekiston sharafini Ali To‘xtayev va Ivan Merkushin murabbiyligida Komiljon To‘xtayev, Damir Buxarbayev, Aldiyor Gaipov, Yekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qiladi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida talabalar o‘rtasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bahslarda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan talabalar va musobaqa o‘tkazilayotgan yilda diplom olgan bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Bu yilgi musobaqada 50 dan ortiq davlatdan 3000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Talaba-sportchilar biatlon, tog‘ chang‘isi, kyorling, chang‘i poygalari, snoubord, konkida figurali uchish, fristayl, xokkey, to‘pli xokkey, chang‘ida mo‘ljalni olish va short-trek kabi 11 ta sport turi bo‘yicha 76 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют