» » Hindiston Pokistonning F-16 samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi

Hindiston Pokistonning F-16 samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi


Hindiston va Pokiston bir-birlarining harbiy samolyotlarini urib tushirdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.

Hind harbiylari Pokistonning F-16 samolyoti mamlakat havo hududiga bostirib kirgan deb hisoblamoqda. Samolyot Pokiston hududida qulagan, uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Oldinroq Pokiston tomoni shu sabab bilan Hindiston harbiy-havo kuchlarining ikki samolyoti urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan, bir uchuvchi asir olingan.

Mazkur hodisalar Hindiston qiruvchi samolyotlari Kashmirdagi pokistonlik jangarilar lageriga hujum uyushtirgan kunning ertasiga sodir bo‘ldi.

OAVga ko‘ra, hozirda Pokistonda 5 ta, jumladan, poytaxt aeroporti ham yopilgan. Hindistonda shimoliy hududlardan o‘tuvchi reyslar bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют