» » DXX Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi


Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zbek-tojik davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtda Tojikiston fuqarosi, So‘g‘d viloyati Mastchox tumanida yashovchi Mirzarahmat Majidov ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda sof og‘irligi 773 gramm bo‘lgan opiy moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Toshkent tumani, “Shodlik” ko‘chasida yashovchi Shahobiddin Zokirov va uning onasi Zulfiya Nabiyeva ham huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otdi va dastlab ular yashaydigan xonadon kuzatuvga olindi. Videonazorat xonadon oynasidan shubhali narsa uloqtirilganligini tasvirga tushiradi. Shundan so‘ng tekshiruv harakatlari davom ettirilib, natijada ushbu uloqtirilgan shubhali narsa ichida salkam 3 kilogramm marixuana giyohvand moddasi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.

Navbatdagi giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq holat Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlandi. Chiroqchi tumanida tug‘ilgan Hamza Bobomirzayev Lacetti avtomobilida Toshkent shahriga yo‘l oladi. Mashina “Umakay” yo‘l-patrul xizmati maskanida ko‘zdan kechirilganida 120 gramm marixuana vositasi borligi aniqlandi. Surishtiruv davomida Hamza Bobomirzayev uni Toshkent shahriga olib borib sotmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Tezkor guruh tomonidan Hamza Bobomirzayevning yashash manzili ham ko‘zdan kechirilganda, uyning yerto‘lasidan 5 kilogramm 294 gramm marixuana giyohvandlik vositasi rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan gashish giyohvand moddasi savdosiga chek qo‘yildi.

Bir muddat avval geroin savdosi bilan ushlangan fuqaro Ma’mur Mamatqulovning ko‘rsatmasiga ko‘ra, qirg‘izistonlik Haydar ismli shaxs gashish moddasini O‘zbekistonga olib o‘tib, belgilangan joyga yashirib ketganligi ma’lum bo‘ldi. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida Qirg‘izistonga chegaradosh bo‘lgan Quvasoy shahar, Polvon mahallasidagi dala shiyponi devori ostidan qora sellofan paket ichida 10 dona alohida bo‘laklarda bo‘lgan sof og‘irligi 7 kilogramm 662 gramm miqdordagi gashish giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют