» » “Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak”. Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi

“Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak”. Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bir qancha loyihalar bilan tanishmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasida bo‘ldi.

2010-yilda tashkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxonada pilla qayta ishlanib, turli o‘lcham, ko‘rinish va rangdagi matolar tayyorlanmoqda. Bunda buyurtmachi taklifi va bozor talabi asosida ish tutilmoqda.

Hozir bu yerda “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. Matoga bosilgan gullarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning rangi o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli.

Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Mahsulot buyurtma asosida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Tayyor mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ayni paytda “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining ipak tolalari xorijda xaridorgir. O‘tgan yili korxonaning Eron, Vyetnam, Turkiya, Hindistonga qilgan eksport hajmi qariyb 2,5 million dollarga teng bo‘ldi.

Prezident korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. “Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish lozimligini qayd etdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi “Afrosiyob” poyezdi imkoniyatlari bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют