Ayubxon Kamalov Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Ayubxon Kamalov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ayubxon Kamalov 1971-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Leningrad qishloq xo‘jaligi instituti, 2001-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda viloyat hokimligi huzuridagi Istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.
1994—2017-yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida turli vazifalarda ishlagan.
2017-yildan hozirgi kungacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Manba: Daryo.uz