» » Kemerovoda avtokran o‘qi qulashi oqibatida o‘zbekistonlik ikki ishchi halok bo‘ldi

Kemerovoda avtokran o‘qi qulashi oqibatida o‘zbekistonlik ikki ishchi halok bo‘ldi


Rossiyaning Kemerovo viloyatida avtokran o‘qi qulashi oqibatida o‘zbekistonlik ikki ishchi halok bo‘ldi, biri jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hodisa 26-fevral kuni kechki payt qurilish maydonida yuz berdi. Turar joyni tiklash ishlari davomida beton to‘ldirilgan idishni yuqoriga olib o‘tayotgan avtokran o‘qi qulab tushgan.

Ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, bir kishi shikastlangan.

Tergov qo‘mitasining Kemerovo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv bilan shug‘ullanmoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют