» » Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7 ta jang, 7 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Shahram 26-aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi kim ekanligi ma’lum emas. Jang Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan kazino markazi Forum saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyevning bo‘lajak raqibini aniqlab beruvchi markaziy jangda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) ringga ko‘tariladi.

Inglvudda bo‘lib o‘tadigan mazkur boks oqshomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Shahram G‘iyosov 23-fevral (Toshkent vaqti bilan 24-fevral) kuni meksikalik bokschi Edgar Puertani beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют