» » Tatariston prezidenti O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli bilan uchrashdi

Tatariston prezidenti O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli bilan uchrashdi


Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bugun Qozonning O‘zbekistondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev bilan uchrashdi. Bu haqda Tatariston prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv Tatariston Respublikasi Hukumat uyida bo‘lib o‘tdi.

“Rustam Minnixanov Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsuliga yangi lavozimda muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, Qozon shahridagi Bosh konsulxonani ochish uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

“O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasining paydo bo‘lishi savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga imkon beradi”, — deydi Rustam Minnixanov.

Mavziga doir: Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют