» » Garvard musulmon talabalari uchun ilk bor umra safari tashkil qilindi

Garvard musulmon talabalari uchun ilk bor umra safari tashkil qilindi


Qishki ta’til davomida Garvard universitetining 30 nafar musulmon talabalari uchun Makka va Madina shaharlariga sakkiz kunlik sayohat uyushtirildi. Hodisaning tashkilotchilari Garvard tarixidagi ilk imom Xalil Abdurrashid va uning rafiqasi Samia Umar bo‘ldi. Deyarli barcha xarajatlar jamoat tashkilotlari va ko‘ngillilar tomonidan qoplandi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.

Ko‘pchilik talabalar uchun bu umra nafaqat birinchi islomiy ziyorat, balki AQShdan xorijga ilk safar ham edi. Ular umra qilishdek imkoniyatdan bahramand bo‘lganlari uchun ulkan minnatdorchiliklarini hamda bu ularning ruhan yuksalishlariga, iymonlari ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘lganini izhor qildilar.

“Mazkur safar men uchun o‘ta hayratlanarli bo‘ldi, – deydi 21 yoshli Injil Muhammad. – O‘ngim va chapimda shu qadar ko‘p – 300 tadan ziyod kishining namoz o‘qiyotganini ko‘rib, men aynan to‘g‘ri yo‘lda ekanimni his qildim. Go‘yo o‘z uyimdagidek edim”.

Yana bir talaba Abdulaziz Banasey o‘z hissiyotlarini shunday ifodaladi: “Millionlab musulmonlar mendan avval ham umra qilishgan, mendan keyin ham qilishadi. Bu fikr meni ancha o‘yga toldirdi. Men hamisha o‘zimni diqqat markazida deb bilardim”.

Bundan to‘rt asr muqaddam, 1636-yilda asos solingan Garvard universiteti AQShning eng qadimgi oliy ta’lim muassasasidir. O‘zining tarixi, nufuzi va boyligi bilan u dunyoning eng obro‘li universitetlaridan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют