» » Uzbekistan Airways: Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlariga reyslar jadvallarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Uzbekistan Airways: Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlariga reyslar jadvallarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin


Uzbekistan Airways Afg‘oniston va Pokistonning chegaraga tutash hududlaridagi beqaror vaziyat tufayli, Hindiston, Pokiston va Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlariga reyslar jadvallarida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Kompaniya bunday noqulayliklar uchun uzr so‘rab qolgan va reyslar haqidagi ma’lumotni aeroportlarda yoki aviakompaniya vakolatxonalarida aniqlashtirishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyotni urib tushirishi ortidan bir nechta aviakompaniyalarga tegishli samolyotlar parvozi to‘xtab qoldi.

Pokiston va Hindiston ustidagi havo kengliklaridagi murakkabliklar tufayli Air India va Aeroflot aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot O‘zbekistondagi havo hududida vaziyat yumshashini kutayotgan edi.

Shuningdek, Toshkent — Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytib kelgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют