» » Shavkat Mirziyoyev: Turizm — iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘i

Shavkat Mirziyoyev: Turizm — iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘i


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni majmuasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi asosida 39 loyiha amalga oshiriladi.

Sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, turizmning ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini taraqqiy ettirish, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) hamda turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik industriyasi ob’ektlarini jadal rivojlantirish, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga 18,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar va boshqa xodimlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Viloyatda raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqib, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ‘ib qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish, sohada reklama-axborot faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish bugungi kun talabidir.

Buxoroning ko‘hna va boqiy shahar, deb atalishida katta ma’no bor. Bu yerdagi qadimiy obidalar, osori-atiqalar, xalqimizning betakror qadriyatlari, beqiyos an’analari asrlar osha yashab kelmoqda. Chet elliklarning, tarixshunos va mutaxassislarning ularga qiziqishi doimo yuqori bo‘lgan. Bundan unumli foydalanish kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Paxtani tola ko‘rinishida sotish eng kam daromad keltiradi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют