» » AQSh O‘zbekiston bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi (foto)

AQSh O‘zbekiston bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi (foto)


27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSh hukumati o‘rtasida ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjatni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchisi, elchi Elis Uells, shuningdek, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Administratorining Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Xavyer Pedra imzolagan.

Memorandum doirasida AQSh hukumati O‘zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlagan. Xususan, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Xalq ta’limi vazirligiga ta’lim sohasida strategik rejalashtirish, resurslarni safarbar qilish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda maslahatlar berib boradi. Shu bilan birga agentlik ta’lim sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi jahon tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

USAID O‘zbekistondagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish (EGRA) hamda matematika (EGMA) dan olgan bilimlarini baholash jarayonida ko‘mak beradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quv dasturlari hamda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga maktablarda maslahat xizmatlari hamda yangi o‘quv standartlari va darsliklarni yaratish uchun texnik mutaxassislarni taqdim etadi. Amerika mutaxassislari vazirlikka ma’muriy boshqaruv hamda maktablarni boshqarish bo‘yicha maslahat beradi. Shuningdek, XTV hamda AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi o‘qituvchi va o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rganish uchun treninglar tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Xabarda aytilishicha, hamkorlik turlaridan yana biri sifatida sport tanlab olingan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha maktablarda zo‘ravonlikni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘quvchilar sportga hamda maktabdan tashqari tadbirlarga jalb etiladi. Amerikalik mutaxassislar O‘zbekistondagi maktablarda STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika)ni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari, AQSh mutaxassislari axborot texnologiyalari va ingliz tili o‘rganishda o‘quvchilarning bilimlarini oshirishga qaratilgan IT-nation va English speaking nation loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi.

Uchrashuv davomida Sherzod Shermatov hamda elchi Elis Uells tomonidan ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют