» » APL. “Arsenal” o‘z maydonida 5 ta gol urib, g‘alaba qozondi

APL. “Arsenal” o‘z maydonida 5 ta gol urib, g‘alaba qozondi


27-fevral kunlari futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 28-turi doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

27-fevral, chorshanba kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi o‘z maydonida “Bornmut” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 4-daqiqasidayoq Mesut O‘zil Sead Kolashinats uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi (1:0). 27-daqiqaga kelib Genrix Mxitaryan birinchi golga mualliflik qilgan Mesut O‘zil uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi (2:0). Oradan 3 daqiqa o‘tib, Lis Musset hisobni qisqartirdi (2:1).

2-bo‘limning 47-daqiqasida Loran Kosyelni o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1). 59-daqiqada esa Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi (4:1). 78-daqiqada Genrix Mxitaryan o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Lyakazett hisobni 5:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “to‘pchilar” “Emireyts” stadionida “Bornmut” klubini yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

APL

28-tur bahslari

26-fevral, seshanba

Gollar: 0:1 — 41 Sigurdsson, 0:2 — 66 Sigurdsson, 0:3 — 90 Kalvert

Gol: 1:0 — 90 Munye

Gollar: 1:0 — 10 Grey, 2:0 — 63 Vardi, 2:1 — 66 Propper

Gollar: 1:0 — 24 Sher, 2:0 — 38 Longstaff

27-fevral, chorshanba

Gollar: 1:0 — 23 Romeu, 2:0 — Uord-Prouz

Gollar: 1:0 — 4 O‘zil, 2:0 — 27 Mxitaryan, 2:1 — 30 Musset, 3:1 — 47 Kosyelni, 4:1 — 59 Obameyang, 5:1 — 78 Lyakazett.

“Arsenal”: Leno, Sokratis, Kosyelni, Monreal, Jenkinson, Gunduzi, Torreira, Kolashinats (Ivobi, 57), Mxitaryan (Lyakazett, 64), O‘zil, Obameyang (Suares, 71).

“Bornmut”: Borus, Klayn, Mepham, Ake, Smit (Riko, 70), Ayb (Deniyels, 56), Gosling, Surman, Freyzer (Serrij, 80), Musset, King

Ogohlantirishlar: King (32), Papastatopulos (36), Torreyra (69), Deniyels (77).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют