» » Sergelida kapital ta’mirlanayotgan ishlab chiqarish binosida yong‘in ro‘y berdi

Sergelida kapital ta’mirlanayotgan ishlab chiqarish binosida yong‘in ro‘y berdi


26-fevral kuni soat 17:45 da Toshkent shahar IIBB YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida joylashgan “Grand Roud Tashkent” MChJga qarashli kapital ta’mirlanayotgan asfalt va temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xabar asosida zudlikda ko‘rsatilgan manzilga soat 17:46 da 6 ta asosiy yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta avtonarvon yuborildi. Bo‘linmalar soat 17:54 da voqea joyiga yetib kelib, yong‘in soat 18:34 da qurshab olingan va soat 18:41 da to‘liq bartaraf etilgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in keng maydonga tarqalib ketishi oldi olindi. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida asfalt va temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish binosining 600 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘indan bino tomining 1740 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisaning taxminiy sababi elektr payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishidir. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют