» » O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari “Bunyodkor” murabbiyining ishiga aralashishi mumkinmi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari “Bunyodkor” murabbiyining ishiga aralashishi mumkinmi?


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichini ikki mag‘lubiyat bilan boshlaganidan keyin, O‘zbekiston chempionatidagi ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi.

2-turni Olmaliqda o‘tkazgan “qaldirg‘ochlar” 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 1-turda “Bunyodkor” Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi darvozasiga 1 ta gol urishga erishgandi.

“Olmaliq” klubiga qarshi uchrashuvdan keyin “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan jurnalistlar savollariga javob qaytardi va klubning yetakchi futbolchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabining taklifiga ko‘ra maydonga tushmagani haqida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hozir muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois terma jamoa ustozlari bilan suhbatdan so‘ng kichik jarohati bor bo‘lgan Shomurodovga biroz dam berishga qaror qildik. Tarkibda uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchilar bor.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” futbolchilari “Olmaliq” darvozasiga 77 daqiqa davomida yo‘l topa olmagach, Lushchan kichik jarohati bor bo‘lgan Shomurodovni baribir maydonga tushirdi. Murabbiy bunda ham terma jamoa murabbiylari bilan maslahatlashganmi yoki yo‘q — aniqlik kiritilmagan.

Sergey Lushchan bunga qadar ham tarkibni terma murabbiylari bilan maslahatlashib belgilaganmi yoki yo‘q ma’lum emas. Terma murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘zi Oliy liga klubini boshqarganida ham shunday ishlaganmi yoki yo‘q — ma’lum qilinmagan. Lushchan, shuningdek, “Olmaliq”ning mag‘lub etilmaganiga Shomurodovning yo‘qligi sabab bo‘ldimi yoki yo‘q — oshkor qilmadi.

“Bunyodkor” Osiyo Chempionlar ligasining 3-turida Eronning “Zob Ahon” klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuvda ham “qaldirg‘ochlar” terma manfaatlari asosida tarkib tanlaydimi yoki yo‘q yaqin kunlar ichida ma’lum bo‘ladi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 18:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют