» » “Daryo” surishtiruvidan so‘ng Farg‘onadagi maktabda yangi o‘quv binosi va sport zali qurilmoqda (foto)

“Daryo” surishtiruvidan so‘ng Farg‘onadagi maktabda yangi o‘quv binosi va sport zali qurilmoqda (foto)


Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 8-umumta’lim maktabida 250 o‘rinli yangi o‘quv binosi va sport zali qurilmoqda. Qurilish ishlariga 1 milliard 900 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

“Daryo” muxbiri ota-onalar va o‘qituvchilar murojaati asosida mazkur maktabda jurnalist surishtiruvi o‘tkazgan, shundan so‘ng “Farg‘onadagi 320 o‘rinli maktabda 630 o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ular ba’zan tik turib dars o‘tadi” nomli maqola e’lon qilingandi.

Maqolada 1976-yilda qurilgan maktab binosi 320 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu yerda 630 nafar o‘quvchi tahsil olishi, sport zali va oshxona yo‘qligi, ta’lim maskanida o‘quvchilarga joy va bilim olish uchun sharoit yetarli emasligi, maktab binosi esa kengaytirish va qayta qurishga muhtoj ekanligi qayd etilgan edi.

Shundan so‘ng viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan mazkur maktabni Investitsiya dasturiga kiritish choralari ko‘rildi. Ayni paytda bu yerda yangi o‘quv binosi va sport zalini qurish ishlari boshlandi.

“Qizim shu maktabda o‘qiydi. Bu yerda yaxshi bilim olish uchun sharoit yetarli emasdi. O‘quv jihozlari yo‘q, xonalar tor, ta’mirtalab edi. Bolalarimizga joy yetishmasdi. Mana, yangi yildan ikki qavatli o‘quv binosi va sport zali qurilishi boshlandi. Yangi o‘quv yilidan farzandlarimiz yangi binoda ta’lim oladigan bo‘ldi”, – deydi maktab ota-onalar kengashi raisi Doniyorjon Abdulazizov.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda viloyatda Investitsiya dasturi asosida 31 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Mazkur ishlar uchun 74 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Ayni kunlarda Investitsiya dasturiga ko‘ra, shahar va tumanlarda 7 ta yangi qurilish, 13 ta rekonstruksiya, 11 ta kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. “Obod qishloq” dasturi asosida esa 45 ta umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют