» » Farg‘onada Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolarning 150 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Farg‘onada Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolarning 150 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi


Farg‘onada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga yordam berishini aytib, fuqarolarning 150 millon so‘mdan ziyod pulini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB “Daryo”ga xabar berdi.

Viloyat IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 1983-yilda Quva tumanida tug‘ilgan fuqaro oldin ham Jinoyat Kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan 4 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, gumonlanuvchi xavfli retsidivist bo‘lgani holda, takroran Janubiy Koreyaga fuqarolar o‘qish yoki ishlash uchun borayotganda tuziladigan shartnomani qalbaki usulda tayyorlash va undan foydalanish bo‘yicha jinoiy reja tuzgan. Shu asosda u Janubiy Koreyada ishlashni niyat qilib yurgan 6 nafar fuqarodan 150 621 040 so‘m pulni firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olgan.

Fuqarolarning 5 nafariga Janubiy Koreyada ishlash huquqini beruvchi ingliz tilida yozilgan rasmiy shartnomalarni qalbaki usulda tayyorlab bergan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda), 228-moddasi 2-qismi “a” bandi (rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish yoxud bunday hujjatlarni sotish harakatlarini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish) bilan ayb e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют