» » Luis Suares “El-Klasiko”larda tarix yozishda davom etmoqda

Luis Suares “El-Klasiko”larda tarix yozishda davom etmoqda


“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya Kubogi 1/2 finalining “Real”ga qarshi kechgan javob uchrashuvida dublga erishdi (3:0, dastlabku uchrashuv — 1:1).

Urugvaylik barcha musobaqalarni hisoblaganda Madrid klubi darvozasiga 11 tadan kam gol urmagan Kataloniya klubi tarixidagi 3-futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Gracenote Live xabar berdi.

“Barselona” futbolchilari orasida “Real” darvozasiga eng ko‘p gol urgan o‘yinchi Lionel Messi hisoblanadi. Uning hisobida 26 ta gol mavjud. Sezar Rodriges esa 14 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Joriy mavsum Luis Suares La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют