» » TIV Janubiy Koreyada komaga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

TIV Janubiy Koreyada komaga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi


O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Janubiy Koreya klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risida xabarlar tarqalishi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala mamlakatning Seul shahridagi elchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qildi.

Abram Oqilov Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yil yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor keldi va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют