» » Alisher Usmonov binolarni restavratsiya qilgani uchun Italiya ordeni bilan taqdirlandi

Alisher Usmonov binolarni restavratsiya qilgani uchun Italiya ordeni bilan taqdirlandi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov binolarni restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalari sharofati bilan “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. “TASS” xabariga ko‘ra, mukofot Italiya prezidenti Serjo Mattarella tomonidan topshirilgan.

Xabar berishlaricha, Alisher Usmonov Moskvadagi 1924-yildan beri Italiya elchixonasi joylashgan Berg uyini, Kapitoliy muzeylaridagi Goratsiylar va Kuriatsiylar zallarini, Kvirinal maydonidagi Dioskur favvorasi va Rimdagi Trayan forumini restavratsiya qilish loyihalarida ishtiroki uchun taqdirlangan.

“Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Italiyaning eng oliy ordeni hisoblanadi. Alisher Usmonov — nafaqat Rossiya, balki xorijda ham keng miqyosli xayriya ishlarini olib boruvchi rossiyalik milliarderdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют