» » Shavkat Mirziyoyev Namanganda xalq bilan muloqotda bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda xalq bilan muloqotda bo‘ldi


Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Prezident korteji kutilmaganda To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi. Davlat rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakat iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini ta’kidladi.

Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish bo‘yicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib o‘tdi.

Odamlar Prezident tashrifidan xursand bo‘lib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik izhor etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют