» » Jizzaxda fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida ov quroli bilan odam o‘ldirdi

Jizzaxda fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida ov quroli bilan odam o‘ldirdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi tomonidan 13-fevral kuni sudlanuvchi A.N ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Forish tuman sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Sudda aniqlanishicha, sudlanuvchi A.N 2018-yil 16-noyabr kuni Jizzax viloyati, Forish tumaniga ov qilish maqsadida borib, 17-noyabr kuni soat 18:10 larda ov qurolidan foydalanishda tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rmagan.

Shu sababli o‘ziga qarashli, 1976-yilda ishlab chiqarilgan, MS-2112 rusumli, 12 kalibrli, silliq stvolli ov qurolini o‘qsizlantirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida ov quroli ichida qolib ketgan 12 kalibrli sochma patron otilib ketib, shu yerda bo‘lgan, S.R. ning ko‘krak qafasining chap qismi jarohatlangan.

Oqibatda tan jarohati olgan S.R. voqea joyida vafot etgan.

Sud tomonidan A.N ga JKning 102-moddasining 1-qismi (Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) va JKning 45-moddasiga asosan 1 yil ovchilik huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizi davlat daromadi hisobiga ushlab qolingan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Unda sudlanuvchining aybiga to‘liq iqrorligi va pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy, ma’naviy va boshqa zararlarni to‘liq qoplab berganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi inobatga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют