» » Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi

Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi


Ichki ishlar vazirligi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi hamda Farg‘ona viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan 2 nafar ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yuborayotgan jinoiy guruh a’zolarining faoliyati fosh etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Andijonlik 35 yoshli A. ismli fuqaro M. ismli tengdosh tanishi bilan birgalikda qo‘qonlik 34 yoshli F. hamda farg‘onalik 36 yoshli N.ni Istanbulda qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan “Oydin” ismli ayolga yuborish uchun oldindan til biriktirgan. “Oydin”ning yordami bilan ikki ayol uchun aviachipta sotib olishgan.

Kelishuvga asosan ular jabrlanuvchilarga 1500 dollar oylik maosh taklif qilishgan. Uyushgan guruh o‘zlarining g‘arazli niyatiga erisha olmadi. Toshkent xalqaro aeroportida ular daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Ayni kunda ushbu holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют