» » Toshkentda avtobus haydovchilari nogiron yo‘lovchini avtobusga chiqarmadi

Toshkentda avtobus haydovchilari nogiron yo‘lovchini avtobusga chiqarmadi


Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkentning Shimoliy vokzal bekatida nogironligi bo‘lgan shaxs “12-avtobus saroyi”ga qarashli 62-yo‘nalishdagi hamda“1-avtobus saroyi”ga qarashli 13t-yo‘nalishida qatnovchi o‘rta sig‘imli “SAZ LE 60” rusumli avtobusga chiqmoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabarida aytiladi.

Haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yo‘lovchini olmagan. Bu esa norozilikni keltirib chiqargan. Mazkur holat “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan o‘rganildi. Mas’uliyatsiz haydovchilar 10 kunlik xo‘jalik ishlariga o‘tkazildi.

Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olindi. Ularga pandusni ishlatish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют