» » Uzbekistan Airways 1-mart kungi Toshkent—Lahor—Toshkent reyslarini bekor qildi

Uzbekistan Airways 1-mart kungi Toshkent—Lahor—Toshkent reyslarini bekor qildi


Uzbekistan Airways 1-mart kungi Toshkent—Lahor—Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu Hindiston bilan harbiy mojaro sababli Pokiston havo hududining yopilishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston va Hindiston havo hududi kecha yopilgan edi. 27-fevral tongida Toshkent—Amritsar yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Boeing 767 Uzbekistan Airways Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan. Bu, jumladan, Pokiston hukumati tomonidan mazkur havo yo‘lagi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishning taqiqlanishi bilan bog‘liq.

“Uzbekistan Airways aviachiptalarni qaytarish va aviakompaniyaning mazkur yo‘nalish bo‘yicha eng yaqin reyslariga jarima va qo‘shimcha to‘lovlarsiz qayta bronlash imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют