» » HBO “Donald Trampning Hillari Klinton ustidan erishgan aqlbovar qilmas g‘alabasi” haqida serial oladi

HBO “Donald Trampning Hillari Klinton ustidan erishgan aqlbovar qilmas g‘alabasi” haqida serial oladi


Amerikaning HBO kabel tarmog‘i 2016-yilgi AQSh prezidenti saylovi haqida miniserial suratga oladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Teletarmoq matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada qayd etilishicha, serial “Donald Trampning Hillari Klinton ustidan erishgan dramatik va aqlbovar qilmas g‘alabasi”ga bag‘ishlanadi.

Serial jurnalistlar Mark Xelperin va Jon Xeylimanning hali chop etilmagan kitoblari asosida suratga olinadi. Bu jurnalistlar 2008 va 2012-yilgi saylovlar haqida ham kitob yozgan.

2008-yilgi saylovga bag‘ishlangan kitob asosida HBO tarmog‘i “O‘yin o‘zgardi” (“Game Change”) filmini suratga olgan bo‘lib, unda aktrisa Juliana Mur prezidentlikka nomzod Sara Peylin rolini o‘ynagan. Film beshta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Serialning premyera sanasi, nomi va unda qaysi aktyorlar suratga tushishi haqidagi hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Serialga Jey Rouch rejissorlik qiladi, Tom Xenks va Gari Gotsman prodyuser sifatida qatnashadi. Ularning bari “O‘yin o‘zgardi” filmi ustida birgalikda ishlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют