» » TIV Koreya Respublikasida og‘ir ahvolda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov yuzasidan rasmiy axborot berdi

TIV Koreya Respublikasida og‘ir ahvolda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov yuzasidan rasmiy axborot berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalishi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala O‘zbekistonning Seul shahridagi еlchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qiladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan. Unga hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida Abram Oqilov davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurgan va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют