» » “Shanxay SIPG” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, Xitoy Super ligasida peshqadamlikni saqlab qoldi

“Shanxay SIPG” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, Xitoy Super ligasida peshqadamlikni saqlab qoldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan “Shanxay SIPG” klubi Xitoy chempionatining 2-turida ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shanxayda “Yanbian Funde” klubini qabul qilgan Villash-Boash shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi har ikki gol xitoylik futbolchilar tomonidan urildi. Ularning birinchisiga pasni braziliyalik Xalk oshirib berdi.

1-turda portugaliyalik mutaxassis Odil Ahmedovni qaydnomaga kiritmagan bo‘lsa, bu safar u legionerlar limiti talablaridan kelib chiqib, Elkesenga dam berishga qaror qildi. Ahmedov esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Qiziq tomoni, Elkesen dastlabki turda xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgandi. Shunga qaramay, u ikkinchi turda qaydnomadan joy olmadi.

Ma’lumot uchun, “Shanxay SIPG” mavsum boshidan buyon xalqaro va ichki miqyosda jami 5 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi va raqiblar darvozasiga 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Xitoy Super ligasi
2-tur
10-mart, juma

Gollar: Vendzun Luye, 42 (1:0). Lu Vu, 57 (2:0).

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachilari to‘p suradigan Xitoy klublari 2-turni 11—12-mart kunlari o‘tkazadi. Shanba kuni “Beydzing Guoan” safarda to‘p sursa, yakshanba kuni “Chanchun Yatay” klubi saf tortadi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют