» » Uzcard PayMe’ning yagona umumrespublika protsessing markaziga qo‘shilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi

Uzcard PayMe’ning yagona umumrespublika protsessing markaziga qo‘shilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi


Shu kunlarda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida mahalliy bloger tomonidan yangilanib boruvchi davletovuz kanalida PayMe mobil ilovasi Yagona umumrespublika protsessing markazi nazorati ostiga o‘tganligi bildirilgan. 28-fevral kuni UzCard kompaniyasining matbuot xizmati mazkur ma’lumotni rad etdi.

“Kompaniyamiz nomidan rasmiy ravishda ushbu xabarning asossiz ekanligini tasdiqlaymiz. Bugungi kunga kelib, davletovuz kanalining muallifi tomonidan havola etilgan xabarnomaning tasdig‘i sifatida yuridik hujjatlar mavjud emas. Yagona umumrespublika protsessing markazi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 29 ta bank va 40 dan ortiq to‘lov tizimiga (to‘lov agregatorlari) protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, YaUPM tasdiqlangan kelishuvga asosan banklardan komission to‘lovlarni qabul qilib kelmoqda. To‘lov tizimlari esa, banklar bilan shartnoma tuzib, o‘z faoliyatini olib boradi. ‘Konfidensiallik to‘g‘risidagi kelishuvga’ asosan, YaUPM hamda UzCard banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari ishtirokida tasdiqlangan komission foizlarga tegishli ma’lumotni omma e’tiboriga havola etish huquqiga ega emas”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют