» » Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Toshkentga tashrif buyurdi

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Toshkentga tashrif buyurdi


10-mart kuni Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi — Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Vladimir Jumakanov boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Bu “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Delegatsiya O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahkamalararo ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi majlisda ishtirok etdi.

Muzokaralarda ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari va davlat muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Zamonaviy xavf-xatarlar va barqarorlikka tahdidlar, diniy ekstremizm va terrorizm, noqonuniy migratsiya va boshqalarga qarshi kurashda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yuzaga kelgan zamonaviy tahdidlar va xavflarni birgalikda bartaraf etish uchun o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют