» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etadi


27-fevral kuni Belarus Respublikasining poytaxti Minsk shahrida MDHga a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari kengashi qoshidagi Sport qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston tomonidan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi jismoniy tayyorgarlik va sport bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Aziz Haydarov hamda Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig‘i podpolkovnik Mansur Mamadaminov ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi tomonidan 2018-yil 28-sentabrda imzolangan “1941—1945-yillarda Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan masalalar ijrosiga qaratildi. Joriy yilning iyun—iyul oylarida Qozog‘iston Respublikasida MDHga a’zo mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida birinchi marotaba Harbiy-sport o‘yinlarining o‘tkazilishi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida 2020-yilda MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida III Harbiy-sport o‘yinlarini tashkil etish ko‘rib chiqildi. 25-may—3-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘yinlar 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Shuningdek, qo‘mita ishida 2019-yilda Qirg‘iziston hududidagi Lenin cho‘qqisi hamda 2020-yilda Tojikistonning Kommunizm cho‘qqisiga guruh tarkibida harbiy-sportchilarning chiqishi bo‘yicha musobaqalarni birinchi marta o‘tkazishga kelishib olindi.

Xalqaro armiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda kelayotgan va MDHga a’zo-davlatlarida tobora ommalashib borayotgan Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Do‘stona armiyalarining spartakiadasi bu yil ham murosasiz bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur musobaqalarga Qozog‘iston mezbonlik qiladi. Spartakiada doirasida o‘tkaziladigan komandirlik startlari va harbiy ko‘pkurash musobaqalari shu yilning iyul oyida Belarusda bo‘lib o‘tadi. Yangilik sifatida spartakiadaning “PM-3 va AK-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” musobaqalariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Yig‘ilish davomida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning qurolli kuchlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik va sport sohasida hamkorlikning “Istiqbolli reja” loyihasini tayyorlashga ham kelishib olindi. 2019-yilning yakunlari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish Qozog‘istonda o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют