» » OAV: Hindiston va Pokiston urushida 32 ta samolyot qatnashdi

OAV: Hindiston va Pokiston urushida 32 ta samolyot qatnashdi


Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi havo jangida 32 samolyot ishtirok etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Pokiston jangda Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 rusumli sakkizta qiruvchi samolyot,  Fransiyaning to‘rtta Mirage-3 samolyoti, yana to‘rtta JF-17 Thunder rusumli Xitoy-Pokiston qiruvchi samolyotlaridan foydalangan. Qolgan sakkiztasi eskort qiruvchi samolyot bo‘lgan. Hindiston esa to‘rtta Su-30MKI, ikkita Mirage 2000 va ikkita MiG-21 rusumli jami sakkizta samolyotni jangga qo‘ygan.

Hind havo kuchlari Pokiston aviatsiyasini Kashmirning Hindiston nazoratidagi hududiga aniq zarbalar berishiga to‘sqinlik qila olgan.

Xabarga ko‘ra, Pokiston ikkita hind qiruvchi samolyotini urib tushirganini e’lon qilgan. Hindistondan esa bitta hind samolyoti, bitta pokistonliklarning samolyoti urib tushirlgan deya e’lon qilingan.

Shundan keyin Hindiston armiya va chegarachilarni jangovar tayyorgarlikka hozirlagan. Pokiston esa havo hududini yopib olgan.

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi tanglik 14-fevral kuni Kashmirda amalga oshirilgan terror hujumidan keyin yuzaga kelgan. Unda 44 nafar hind harbiysi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют