» » Astronomlar Marsda “global suv tarmog‘i”ning izlarini topdi

Astronomlar Marsda “global suv tarmog‘i”ning izlarini topdi


“Mars-Ekspress” burg‘isi tekshiruvi natijalari va suratlar shuni ko‘rsatadiki, qadimda Marsda yirik suv havzalari va yerosti suv omborlari tarmog‘i bo‘lgan. Ularning izlari sayyoraning yirik kraterlar va yoriqlari ostida qolgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Bu kashfiyot biz uchun juda ahamiyatli. Chunki u Marsda hayot mavjud bo‘lgan hududlarni aniqlab beradi. Ayniqsa bizni quvontirayotgan narsa sayyora orbitasidagi eng muvaffaqiyatli missiya bo‘lmish “Mars-Ekspress”ning “EkzoMars” roverini jo‘natishga yordam berishidir. Rover sayyorani butunlay boshqa tomondan o‘rganadi”,— deydi YeKA missiyaning ilmiy rahbari Dmitriy Titov.

So‘nggi yillarda olimlar daryolar, ko‘llar va butun okean suvlari qadimdan Marsning yuzasida mavjud bo‘lib, Shimoliy Muz okeani kabi ko‘p suyuqliklarni o‘z ichiga olganiga ishora qiluvchi ko‘plab belgilar topgan.

Planetologlar Marsning ekvatorial kraterlari, ya’ni Istok va Yezeroda, shimoliy qutbidagi Lioda suv oqimi izlarini rasmlarni kuzatayotganda aniqlagan. Geologik me’yorlar bo‘yicha, bir necha o‘nlab yoki yuzlab million yillar avval Marsning yuzasi bo‘ylab mana shu suv oqimlari harakatlangani ma’lum bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют