» » O‘zbekistonda dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda dronlarni noqonuniy olib kirganlik uchun javobgarlik belgilandi


O‘zbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshiriladi, mualliflik huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Bu me’yorlar Oliy Majlis Senati yalpi majlisida muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunda aks etmoqda.

Jumladan, qonun bilan Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslariga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirganlik, o‘tkazganlik, olganlik, saqlaganlik yoki ulardan foydalanganlik, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki boshqa shaxslarga berish tartibini buzganlik, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Bunda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirishda, o‘tkazishda, olishda, saqlashda yoki ulardan foydalanishda ularni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqida qo‘shimcha kiritilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishini, qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik (yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ob’ektlaridan tashqari), ob’ektlarni qurilish sohasidagi va yo‘l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatisiz qurganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Bunda arxitektura va qurilish bo‘yicha organlarning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzishga oid vakolatlari Qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat qilish inspeksiyalariga berilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik, mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni, ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют