» » “Tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi”. “101-reys” filmining suratga olish ishlari nima uchun to‘xtab qolgan edi

“Tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi”. “101-reys” filmining suratga olish ishlari nima uchun to‘xtab qolgan edi


“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyusser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlari davom etmoqda.

Film prodyusseri Ravshan Norbayev “101-reys” filmining suratga olish ishlari bir muddat to‘xtab turgani sababiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Ravshan Norbayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.

‘101-reys’ filmining suratga olish ishlari to‘xtagani yo‘q. Shunchaki filmda strategik obyektlarning ko‘pligi uchun tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi. Filmda tabiiylikka e’tibor qaratganmiz. Misol uchun qurol-yarog‘lardan tortib, vertolyot va zirhli mashinalargacha tabiiy bo‘lishini boshidan rejalashtirganmiz. Ayni kunlarda filmning eng murakkab epizodlarini suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

Ravshan Norbayev, “101-reys” filmi prodyusseri

Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyusser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют